GM Uzbekistan: Dilerlar bilan ishlash qayta koʻrib chiqildi

GM Uzbekistan mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida dilerlik markazlari bilan avtomobil taqsimoti borasidagi ishlarini takomillashtirganini maʼlum qildi.
“Endilikda siz avtomobilingizni oʻzingizga yaqin va qulay boʻlgan istalgan avtosalondan xarid qilishingiz mumkin, hatto ushbu salonda avtomobil boʻlmasa ham”, - deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, shartnoma olish uchun onlayn ariza qoldirish yoki dilerga murojaat qilgan holda yetkazib berish shartlariga koʻra ushbu avtosalonda avtomobilni kutish mumkin.
“Avtomobillar qayta taqsimoti isteʼmolchilarning talablariga koʻra kunlik tarzda yangilab boriladi”, - deya qayd etadi kompaniya.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq GM Uzbekistan ayrim avtomobil modellarining yetkazib berish muddatlarini qisqartirgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!“Endilikda siz avtomobilingizni oʻzingizga yaqin va qulay boʻlgan istalgan avtosalondan xarid qilishingiz mumkin, hatto ushbu salonda avtomobil boʻlmasa ham”, - deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, shartnoma olish uchun onlayn ariza qoldirish yoki dilerga murojaat qilgan holda yetkazib berish shartlariga koʻra ushbu avtosalonda avtomobilni kutish mumkin.
“Avtomobillar qayta taqsimoti isteʼmolchilarning talablariga koʻra kunlik tarzda yangilab boriladi”, - deya qayd etadi kompaniya.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq GM Uzbekistan ayrim avtomobil modellarining yetkazib berish muddatlarini qisqartirgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













