Internetda vodorodda harakatlanadigan Hyperion superkarining navbatdagi tizeri paydo bo‘ldi

Foto: Motor
Amerikaning Orinj shahridagi Hyperion Motors startapi XP-1 vodorod superkarining navbatdagi tizerini namoyish etdi. Biroq startap bu safar ham hech qanday tafsilotlarni oshkor etmagan, deb xabar beradi Motor.
Navbatdagi tizerda vodorod superkarining premerasi qachon o‘tkazilishi ma’lum qilingan — shu yilning avgust oyida.
Hyperion Motors firmasi haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Kompaniya vodorod generatsiyasiga asoslangan texnologiyalar va yoqilg‘i elementlariga oid agregatlarni yaratish bilan shug‘ullanadi, biroq faoliyatini hech qayerda e’lon qilmay keladi. XP-1 superkarining yuradigan prototipi 2015 yilda sinovdan o‘tkazilgan, ammo hozirgacha uning ishlash prinsipi noma’lumligicha qolmoqda. Kompaniya saytida esa «NASA texnologiyasi» va «oddiy yo‘llarda foydalanish mumkin bo‘lgan kosmik ixtirolar» to‘g‘risida so‘z boradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Amerikaning Orinj shahridagi Hyperion Motors startapi XP-1 vodorod superkarining navbatdagi tizerini namoyish etdi. Biroq startap bu safar ham hech qanday tafsilotlarni oshkor etmagan, deb xabar beradi Motor.
Navbatdagi tizerda vodorod superkarining premerasi qachon o‘tkazilishi ma’lum qilingan — shu yilning avgust oyida.
Hyperion Motors firmasi haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Kompaniya vodorod generatsiyasiga asoslangan texnologiyalar va yoqilg‘i elementlariga oid agregatlarni yaratish bilan shug‘ullanadi, biroq faoliyatini hech qayerda e’lon qilmay keladi. XP-1 superkarining yuradigan prototipi 2015 yilda sinovdan o‘tkazilgan, ammo hozirgacha uning ishlash prinsipi noma’lumligicha qolmoqda. Kompaniya saytida esa «NASA texnologiyasi» va «oddiy yo‘llarda foydalanish mumkin bo‘lgan kosmik ixtirolar» to‘g‘risida so‘z boradi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













