Amerikaning GM kompaniyasi oyna tozalagichlarni deb 682 mingta mashinasini chaqirib olyapti

Amerikaning GM kompaniyasi oyna tozalagichlarni deb 682 mingta mashinasini chaqirib olyapti
Amerikaning «General Motors Co.» kompaniyasi oyna tozalagichlardagi buzilishlar ehtimolidan kelib chiqib, 682 mingta avtomobilini chaqirib olmoqda.

Chaqiruvga tushgan mashinalar — 2014 va 2015 yilda chiqarilgan Chevrolet Equinox va GMC Terrain krossoverlari.

Oyna tozalagichlar o‘rnatilgan joyda hosil bo‘ladigan zang buzilishga olib kelishi, tozalagichlarning ishlamay qolishi yo‘l-transport hodisasiga sababchi bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.