Urushning birinchi kunida Zelenskiy idorasi rahbariga Kremldan qo‘ng‘iroq qilib, taslim bo‘lishni taklif qilishgan

Andrey Yermak
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
24 fevral kuni Ukraina fuqarolik idorasi rahbari Andrey Yermakning telefonga Kremldan qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Ikkinchi qo‘ng‘iroqdan so‘ng Yermak telefonni ko‘targan va Putin ma’muriyati rahbari o‘rinbosari ukrainalik Dmitriy Kozakning ovozini eshitgan, deb yozadi Washington Post.
Kozak ukrainaliklarga taslim bo‘lishni taklif qilgan. Bunga javoban Yermak Kozakni «la’natlagan» va go‘shakni qo‘ygan.
Bundan tashqari, Ukraina mudofaa vaziri Reznikov OAVga 22 fevral kuni belaruslik hamkasbi Viktor Xrenin bilan gaplashganini aytgan. U Belarus hududidan hech qanday bosqin bo‘lmasligi haqida so‘z bergan. Ikki kundan keyin Xrenin «asabiy va noqulay ovozda» Shoyguning Reznikovga taslim bo‘lish taklifini yetkazgan. Reznikov «Rossiya tomonining taslim bo‘lishini qabul qilishga» tayyorligini aytgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.