Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)

Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)
7 sentabr kuni Ukraina rasmiylari avgust oyida Ukraina Qurolli kuchlari Qrimdagi Rossiya bazalariga raketa zarbalari berganini tasdiqladi. «Yagona Rossiya» bosh kengashi kotibi Andrey Turchak Ukrainaning bosib olingan hududlari Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha referendumlarni 4 noyabr — Milliy birlik kunida o‘tkazish «to‘g‘ri va ramziy» bo‘lishini aytdi.

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy urushning borishini tahlil qiluvchi maqola yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasining Rossiyadagi harbiy nishonlarga zarba berish qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Rossiya Mudofaa vazirligi Donetsk viloyatidagi Kodema qishlog‘i egallanganini e’lon qildi, ushbu hudud uchun so‘nggi haftalarda jang olib borilayotgan edi.

Ukraina armiyasining rasmiy vakillari ukrain qo‘shinlari Xarkov viloyatining Balakleya shahriga to‘satdan hujum qilgani bo‘yicha izoh bermayapti — bunday ma’lumotni harbiy ekspertlar e’lon qilgan edi. Amerika Urushni o‘rganish instituti Ukraina Qurolli kuchlari hech bo‘lmaganda Balakleya yaqinidagi Verbovka qishlog‘ini egallab olgan, deb hisoblamoqda. Meduza urushning 196-kunidan asosiy fotosuratlarni jamladi.

Chernigov viloyatida kechgan jang izlari
Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)
Lukashovka qishlog‘ida rus armiyasining vayron qilingan tanki yonidan xoverbordda o‘tayotgan qiz. Chernigovdan 19 kilometr janubda joylashgan ushbu aholi punkti 10 mart kuni rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingandi. Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ruslar qishloqni tanklarda aylanib, chorva mollarini o‘g‘irlagan, cherkovda shtab o‘rnatgan va u yerga qurol yashirgan. 31 mart kuni Ukraina qurolli kuchlari Lukashovkani ozod qildi.
Foto: AFP

Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)
69 yoshli Tatyana rus armiyasi zarbalaridan vayron bo‘lgan uyi yonida. Ukraina qo‘shinlari Lukashovkani ozod qilganidan so‘ng, Repair Together tashkiloti ko‘ngillilari qishloqni tiklashga yordam bermoqda. Ushbu tashabbus urush paytida paydo bo‘lgan, uning maqsadi — harbiy harakatlar paytida vayron bo‘lgan turar joy binolari va boshqa ob’ektlarni tiklash.
Foto: AFP

Bahmut yaqinidagi janglar
Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)
Bahmut yaqinidagi otishmadan keyin ko‘tarilayotgan tutun. Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari mamlakat nazorati ostida qolayotgan ushbu shaharga qarab siljiyotgan Rossiya armiyasining hujumlarini muvaffaqiyatli qaytarmoqda.
Foto: Reuters

Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)
Bahmutni tark etayotgan ukrain harbiylari.
Foto: Reuters

DXR kuchlarining artilleriya bo‘limi
Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)
O‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi (DXR) armiyasi askari Donetsk yaqiniga joylashtirilgan o‘q-dori qutilari yonida. Rossiya OAVlarining yozishicha, avgust oyi boshidan beri Ukraina Qurolli kuchlari shaharni to‘xtovsiz o‘qqa tutmoqda.
Foto: Reuters

Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)
DXR qo‘shini a’zolari Donetsk shimolidagi Avdeyevka shahri yo‘nalishida «Giatsint-B» gaubitsasidan o‘t ochishga tayyorlanmoqda. Avdeyevka Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan nazorat qilinadi. Ukraina OAVlarining yozishicha, shahar Rossiya armiyasi tomonidan doimiy ravishda o‘qqa tutilmoqda.
Foto: Reuters

Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)
«Giatsint-B» rus gaubitsasidan Avdeyevka yo‘nalishida o‘t ochilmoqda.
Foto: Reuters

Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi
Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)
Kramatorsk meri Aleksandr Goncharenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari 7 sentabr kuni ertalab ruhiy kasalliklar shifoxonasiga hujum qilgan. «Jabrlanganlar yo‘q, ammo muassasaga jiddiy zarar yetdi», — deydi u.
Foto: Anadolu

Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)
Rossiya qo‘shinlarining Kramatorskka zarbasidan keyin psixiatriya shifoxonasida oyna siniqlari bilan qoplangan karavot.
Foto: AP Photo

Slavyanskka berilgan zarba oqibatlari
Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)
O‘t o‘chiruvchilar rus harbiylarning hujumi oqibatida halok bo‘lgan slavyansklik fuqaro jasadini olib ketmoqda. Ukraina OAVlarining yozishicha, shahar 7 sentabrga o‘tar kechasi o‘qqa tutilgan. Maktab va turar-joy binosiga zarar yetgan, vayronalar ostidan qutqaruvchilar 3 kishining jasadini topdi.
Foto: AP Photo

Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)
Slavyanskda yashovchi ayollar o‘t o‘chiruvchilarning ishini kuzatmoqda.
Foto: AP Photo

Xarkovning o‘qqa tutilishi oqibatlari
Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)
Xarkovliklar shaharga hujum oqibatida hosil bo‘lgan o‘rani tomosha qilmoqda. 7 sentabrga o‘tar kechasi rus qo‘shinlari Xarkovni o‘qqa tutdi, dedi shahar rahbari Igor Terexov. Sanoat tumanidagi xususiy uy vayronalari ostidan ayol kishining jasadi topilgan.
Foto: EPA

Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)
Xarkovning Saltovka tumanidagi vayron bo‘lgan ko‘p qavatli bino — tuman rus qo‘shinlari tomonidan tez-tez o‘qqa tutiladi. Shahar meri Igor Terexovning aytishicha, rossiyaliklar «shaharning normal hayotini ta’minlash uchun muhim bo‘lgan ob’ektni» urishiga bir baxya qolgan.
Foto: Anadolu

Urushning 196-kuni: Chernigov qayta tiklanmoqda. Kramatorskda ruhiy kasalliklar shifoxonasi o‘qqa tutildi (foto)
Xarkovda vayron qilingan uylardan biridagi kvartiradan qutqaruvchilar olib chiqqan shaxsiy buyumlar va bolalar o‘yinchoqlari.
Foto: ZUMA Press
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.