Xersonda terakt uyushtirishni rejalashtirgan Ukraina xavfsizlik xizmati qo‘poruvchilari ushlandi

Xersonda terakt uyushtirishni rejalashtirgan Ukraina xavfsizlik xizmati qo‘poruvchilari ushlandi
Xerson viloyatida mahalliy amaldorlarga qarshi terakt uyushtirishni rejalashtirgan Ukraina xavfsizlik xizmatining (UXX) to‘qqiz qo‘poruvchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, UXXning qo‘poruvchi-razvedka guruhi vazifasi Xerson viloyati harbiy-fuqaroviy ma’muriyatining yuqori martabali rasmiylariga qarshi terrorchilik aktini uyushtirish bo‘lgan.
Xersonda terakt uyushtirishni rejalashtirgan Ukraina xavfsizlik xizmati qo‘poruvchilari ushlandi
Qo‘lga olinganlarga UXX xodimlari Samir Shukyurov, Viktor Xomyak va Dmitriy Sidey ko‘rsatma berib kelgan.
Xersonda terakt uyushtirishni rejalashtirgan Ukraina xavfsizlik xizmati qo‘poruvchilari ushlandi
Tezkor tadbirlar doirasida qo‘lga olinganlardan elektrodetonator, ijro etuvchi qurilmalar, qo‘llanishga tayyor bo‘lgan uchta granata, o‘qotar qurol va o‘q-dori hamda razvedka qilishga mo‘ljallangan maxsus vositalar musodara qilingan.
Xersonda terakt uyushtirishni rejalashtirgan Ukraina xavfsizlik xizmati qo‘poruvchilari ushlandi
Shuningdek, FXX xodimlari qo‘poruvchilar Xerson ma’muriyati xodimlariga suiqasd uyushtirish uchun foydalanmoqchi bo‘lgan minalashtirilgan avtomobilni aniqlab, uni zararsizlantirishgan.

Rossiya Jinoyat kodeksining 361-moddasi bilan (Xalqaro terrorchilik akti) jinoiy ish ochilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.