Putin "Roditelskaya slava" ordenini topshirish marosimida yig‘layotgan qizni tinchlantirishga harakat qildi


Kremlda 1 iyun - Bolalarni himoya qilish kuniga hamda \"Roditelskaya slava\" ordenini topshirishga bag‘ishlangan qabul chog‘ida Tulsk viloyatidan kelgan 4 yoshli Yana Kuleshova sahnaga Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinning yoniga chiqib, yig‘lab yubordi. Bu haqidagi syujetni \"Kun\" nashri ma’lum qildi.
Putin qizchani tinchlantirishga qaror qildi. U qizning yoniga o‘tirib, uning yuzidan silab qo‘ydi, lekin qizcha yig‘lashdan to‘xtamadi. Shundan so‘ng Putin uni kameralar bilan chalg‘itishga urinib ko‘rdi, ammo qiz baribir tinchlanmadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













