Lavrov: “AQSH prezidentlik saylovlarida kim g‘alaba qozonishi Rossiyaga qiziq emas”


Foto: Google Images
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya uchun AQSHdagi prezidentlik saylovlarida kim g‘alaba qozonishining ahamiyati yo‘qligini ma’lum qildi.
Bu haqda u “RIA Novosti”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Amerika siyosiy qatlami qaysi partiyaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, Rossiyani dushman va ekzistensial xavf deb biladi”, — dedi Rossiya TIV rahbari.
Uning ta’kidlashicha, agar “respublikachi nomzod” g‘alaba qozonsa, Rossiya bilan AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishiga umid qilish noto‘g‘ri bo‘ladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













