“Garri Potter”dagi sehrli iboralarni o‘rganib olgan it TikTok'ni zabt etdi

“Garri Potter”dagi sehrli iboralarni o‘rganib olgan it TikTok'ni zabt etdi
Foto: New York Post
Toronto shahrida yashovchi Odriana Li va uning Dobbi laqabli iti TikTok\'ni zabt etmoqda. Kuchuk “Garri Potter” filmidagi sehrli so‘z va afsundan iborat buyruqlarni bajara oladi, deb yozmoqda New York Post.

Fevral oyining boshlarida TikTok foydalanuvchisi 3 yashar Dobbining turli buyruqlarni so‘zsiz bajargani aks etgan video bilan bo‘lishgan edi. Bir necha hafta ichida video 5 million marta ko‘rildi va 600 mingdan ortiq layk yig‘di.
“Garri Potter”dagi sehrli iboralarni o‘rganib olgan it TikTok'ni zabt etdi
Foto: Dzen
“Aksio!” degan buyruqqa kuchuk yugurib keladi, “Immobilyus” desangiz, joyida jim turadi, “Avada kedavra” so‘zini eshitganda kuchuk o‘zini o‘likka solib yotadi.
“Garri Potter”dagi sehrli iboralarni o‘rganib olgan it TikTok'ni zabt etdi
Foto: Dzen
Bundan tashqari, Dobbi quyidagi buyruqlarni ham bajara oladi:
  • Yerga yotish — “Ostolbeney”
  • Suv ichish — “Argumenti”
  • Orqaga yurish — “Relatio”
  • Boshni egish — “Duro”
  • Sakrash — “Astendio”.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.