Mo‘g‘ulistonda qahraton sovuq oqibatida 5 millionga yaqin chorva mollari halok bo‘ldi

Mo‘g‘ulistonda qahraton sovuq oqibatida 5 millionga yaqin chorva mollari halok bo‘ldi
Foto: CNN
Mo‘g‘ulistonda mamlakat tarixidagi eng qahraton qishda 5 millionga yaqin chorva mollari halok bo‘ldi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Xalqaro Qizil Xoch tashkiloti Mo‘g‘ulistonning chorvachilikka ixtisoslashgan hududlaridagi favqulodda vaziyat haqida xabar bergan. Unga ko‘ra, sovuqda muzlab halok bo‘lgan chorva mollari soni 4,7 milliondan oshadi. Ushbu yo‘qotish ortidan mamlakat oziq-ovqat ta’minotida jiddiy muammolar kelib chiqishi kutilmoqda.
Mo‘g‘ulistonda qahraton sovuq oqibatida 5 millionga yaqin chorva mollari halok bo‘ldi
Foto: CNN
Mo‘g‘uliston iqlimiga xos sovuq qish haroratning kutilmaganda keskin pasayishi va hududlarda qisqa muddatda juda qalin qor va muz qatlamlari hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Muzlar yaylovlarni to‘liq qoplaydi. Oqibatda sovuq sharoitda yemishsiz qolgan chorva halok bo‘ladi.

Bugungi kunda Mo‘g‘ulistonda chorvador fermerlar soni 300 000 dan oshadi. Bu xo‘jaliklar asosan, qoramol, echki va otlar yetishtirish bilan shug‘ullanadi.
Mo‘g‘ulistonda qahraton sovuq oqibatida 5 millionga yaqin chorva mollari halok bo‘ldi
Foto: CNN
Mo‘g‘uliston nashrlari bergan ma’lumotga ko‘ra, noyabr oyidan beri kamida 2250 cho‘pon oilasi chorva mollarining 70 foizdan ko‘prog‘ini yo‘qotgan. Hozirda 7000 dan ortiq chorvador fermer oilalari chorvasini boqish uchun yetarli oziq-ovqat zaxirasiga ega emas.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.