Texas senatori saylovda Tramp uchun ovoz berishini ma’lum qildi


Texas senatori Ted Kruz AQSh prezidentligi saylovida Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga ovoz berishini ma’lum qildi. U bu haqda “feysbuk”dagi o‘z sahifasida ma’lum qilgan, deyiladi \"Kun\" nashrida.
«Uzoq muddat chuqur o‘ylovlar, ibodatlar va vijdonim bilan suhbatlarda shu qarorga keldimki, saylov kunida Respublikachilardan nomzod Donald Trampga ovoz beraman», — deb yozadi u.
Kruz o‘z qarorini ikki sabab bilan izohlaydi. Uning ta’kidlashicha, bir yil muqaddam Trampni qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan, ikkinchidan, u Hillari Klinton nomzodini munosib deb hisoblamaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













