Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)

Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Kaliforniyada yuz bergan oʻrmon yongʻinlarida halok boʻlganlar soni 24 nafarga etdi. Bu haqda Los-Anjeles okrugi sud-tibbiy ekspertiza byurosi xabar berdi.
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Foto: AP Photo
Ma'lum qilinishicha, okrugning shimoli-sharqiy qismidagi Itonda 16 kishi, shaharning gʻarbiy qismidagi Palisayd okrugida esa 8 kishi halok boʻlgan. Yongʻinlar shamol kuchayishi va ob-havo sharoiti murakkablashishi tufayli davom etishi kutilmoqda.
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Foto: Reuters
Kaliforniyada oʻrmon yongʻinlari 7 yanvardan buyon davom etmoqda. Falokat Los-Anjeles hududlarini, jumladan, Pasifik-Paliseyds, Altadena va Malibu shaharlarini qamrab oldi. Keyinchalik yongʻin Iton, Xerst va boshqa hududlarga ham tarqaldi.
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Foto: AP Photo
Yongʻinlar jami 40 ming akrdan ortiq (16 ming gektardan ortiq) maydonni qamrab olgan. CBS ma'lumotlariga koʻra, oʻrmon yongʻinlari tufayli 100 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom bu yongʻinlar zarar koʻlami boʻyicha AQSh tarixidagi eng yomon tabiiy ofat boʻlishini aytdi.
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Foto: AP Photo
JPMorgan banki tahlilchilarining dastlabki hisob-kitoblariga tayanib, sugʻurta kompaniyalarining yongʻin tufayli yoʻqotishlari 20 milliard dollarga, umumiy zarar esa 50 milliard dollarga etishi mumkin. Amerika politsiyasi Los-Anjelesda yirik yongʻin uyushtirganlikda gumonlanayotgan shaxsni qoʻlga olgan. Gumonlanuvchiga qotillik bilan teng keladigan jazo yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Foto: Reuters
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Foto: Reuters
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Foto: Reuters
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Foto: Reuters
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.