14 noyabr kuni “Superoy” hodisasiga guvoh bo‘lish mumkin


Shu yilning 14 noyabr sanasida istagan kishi tashqariga chiqib, oyning har qachongidan ham to‘lin va yorqin bo‘lishini kuzatishi mumkin. Bu haqida “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Olimlar bu safargi oy to‘lishishi so‘nggi 68 yillikning, qolaversa, XXI asrning eng katta hodisasi sifatida e’tirof etishmoqda. Oy Erga juda yaqin masofaga kelganida, “Superoy” hodisasi kuzatiladi.
“Superoy” odatdagi to‘lgan oydan ko‘ra 14 foizga katta va 30 foizga yorqin ko‘rinadi.
Ba’zi manbalarning xabar qilishlaricha, Toshkentda mazkur hodisani ko‘rish vaqti 14 noyabr 16:23ga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













