Madagaskarda hukumat tarqatildi


Madagaskar prezidenti Andri Rajelina yoshlar namoyishlaridan so‘ng hukumatni tarqatib yubordi. Noroziliklar suv va elektr ta’minotidagi muammolar sabab yuzaga keldi.
Prezident telemurojaatida xalqdan uzr so‘rab, bosh vazir va hukumat iste’foga chiqarilganini aytdi. Yangi bosh vazir uch kun ichida tanlanadi.
Namoyishlar poytaxt Antanarivodan boshlangan va boshqa shaharlarga tarqalgan. BMT ma’lumotiga ko‘ra, to‘polonlarda 22 kishi halok bo‘lgan, yuzdan ortiq odam jarohatlangan.
Mutaxassislar bu voqealarni prezident uchun eng katta siyosiy sinovlardan biri, deb baholamoqda. Mamlakat avval ham bir necha marta siyosiy inqirozlarni boshdan kechirgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













