Hizbullohga aloqador bankka zarba: Livan ko‘chalariga pullar sochilib ketdi (video)

Hizbullohga aloqador bankka zarba: Livan ko‘chalariga pullar sochilib ketdi (video)

Isroil kuchlari Hizbullohning asosiy moliyaviy ta’minoti manbalaridan biri hisoblangan, Livan hududida joylashgan bank obyektiga raketa zarbasi berdi, deya xabar berdi Gorizont telegram kanali.

Hujum oqibatida bank binosiga jiddiy zarar yetgani, portlash ta’sirida seyflar va xazinalar vayron bo‘lib, katta miqdordagi naqd pullar atrofdagi ko‘chalarga sochilib ketgani xabar qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda odamlar portlash oqibatida sochilgan pullarni tasvirga olayotgani, portlashdan keyin hududda tartibsizlik va sarosima yuzaga kelgani ko‘rinib turibdi. Mahalliy aholi esa xavfsizlik holati keskinlashganini ta’kidlab, vaziyat yanada og‘irlashishidan xavotir bildirayotgani aytilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.