Boshiga arbalet o‘qi sanchilgan mushuk qutqarib qolindi

Dog‘istonda ko‘ngillilar hayratlanarli jasorat ko‘rsatib, bosh chanog‘iga arbalet o‘qi kirib ketgan mushukchani o‘limdan qutqarib qolishdi. Hozircha o‘q hayvonning boshiga qanday qadalib qolgani noma’lumligicha qolmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hayvonni ko‘rgan mehribon insonlar darhol mablag‘ yig‘ishgan va mushukchani shoshilinch ravishda veterinariya klinikasiga yetkazishgan. Yo‘l davomida qo‘shimcha jarohat yetmasligi uchun ko‘ngillilar ehtiyotkorlik bilan o‘qning tashqariga chiqib turgan qismini kesib tashlashgan.
Veterinarlar tomonidan o‘tkazilgan murakkab operatsiyadan so‘ng mushukchaning hayoti saqlab qolindi. Hozirda uning ahvoli barqaror bo‘lib, u mustaqil ovqatlanayotgani va harakatlanayotgani aytilmoqda.
Mutaxassislar bunday holatlar hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlikning jiddiy muammo ekanini yana bir bor eslatib, ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamalarga sabab bo‘lganini ta’kidlashmoqda.













