Roblox orqali boshlangan sevgi: Selmaning hayot hikoyasi

26 yoshli shifokor Selma Germaniyada yashab, ishlab yurgan paytlari Roblox o‘yinida pokistonlik 22 yoshli Muhammad Akmal bilan tanishib qoladi.
Besh oylik muloqotdan so‘ng Muhammad uning qo‘lini so‘raydi. Har ikki tomon oilasining roziligi bilan Selma bu taklifga ko‘nadi va sevgilisi bilan yangi hayot boshlash uchun Pokistonning Mandi-Bahuddin tumanidagi kichik qishloqqa ko‘chib o‘tadi.
Pokiston qonunlariga ko‘ra, musulmon yigit bilan nikohdan o‘tish uchun qiz ham musulmon bo‘lishi kerak edi.
Biroq bu qonun ularga to‘sqinlik qila olmadi. Chunki Selma islomiy oilada tug‘ilgani sababli Pokistonga kelgach, qaytadan islom dinini qabul qilishi shart bo‘lmadi.
Hozirda u turmush o‘rtog‘i Muhammad Akmal bilan qishloqda baxtli hayot kechirmoqda hamda mahalliy muhitga moslashish uchun urdu va panjob tillarini faol o‘rganmoqda.













