Dubayda ayollar uchun maxsus yopiq plyaj ochildi

Dubayda faqat ayollar uchun mo‘ljallangan ilk yopiq plyaj ish boshladi. Yangi dam olish hududi ayollar uchun maksimal darajada xavfsiz va erkin muhit yaratish maqsadida tashkil etilgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, plyaj hududidagi barcha xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, jumladan qutqaruvchilar va qo‘riqchilar ham ayollardan iborat. Bu esa mehmonlar uchun maksimal darajada shaxsiylik va qulaylikni ta’minlashga qaratilgan.
Qoidalarga muvofiq, o\'g\'il bolalarga plyaj hududiga faqat 6 yoshgacha va onasi hamrohligida kirishga ruxsat etiladi. Shuningdek, hududda foto va video suratga olish qat’iy taqiqlangan.
Plyaj tashqi tomondan baland devorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, ichki muhitni tashqi ko‘zlardan to‘liq himoya qilishga qaratilgan.
Loyiha tashabbuskorlari ushbu tashabbus ayollarga jamoat joylarida ham erkin dam olish imkoniyatini yaratish, shu bilan birga maxfiylik va qulaylikni ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidlashmoqda.














