Futbol jamoasiga uyushtirilgan hujumda 20 yoshli futbolchi hayotdan ko‘z yumdi

Futbol jamoasiga uyushtirilgan hujumda  20 yoshli futbolchi hayotdan ko‘z yumdi

Gananing “Berekum Chelsi” klubi safida to‘p surgan 20 yoshli futbolchi Dominik Frimpong jamoa avtobusiga qilingan qurolli hujum oqibatida vafot etdi.

Voqea jamoa Gana chempionatining 29-turi doirasida “Samarteks”ga qarshi safar uchrashuvidan (0:1) qaytish jarayonida sodir bo‘lgan.

Klub ma’lumotiga ko‘ra, yo‘l harakati vaqtida jamoa avtobusini niqobli, qurollangan bir guruh shaxslar to‘sib qo‘ygan va o‘q uzgan. Haydovchi transportni ortga burishga uringan paytda hujum kuchaygan, futbolchilar va klub xodimlari esa jon saqlash uchun yaqin atrofdagi butazorlar tomon qochishga majbur bo‘lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.