Amerikalik senator Suriyaga yana 6 ming harbiy yuborishni taklif qildi

Amerikalik senator Suriyaga yana 6 ming harbiy yuborishni taklif qildi
AQShning Janubiy Karolina shtatidan senator Lindsi Grem Suriyaga terrorchilik bilan kurashish uchun yana 6 ming harbiy yuborishni taklif qildi, deb yozadi \"Kun.uz\" nashri.

Grem bu kuchlar Suriyaga Bashar Asad tuzumiga qarshi kurashish uchun emas, balki IShID bilan kurashish uchun talab qilinishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Senatorning aytishicha, Asadni ag‘darish bilan amerikalik harbiylar va instruktorlar tomondan yordam berilayotgan o‘rtamiyona muxolifat deb ataluvchi guruhlar shug‘ullanishi kerak.

Ayni vaqtda Suriyada 500, qo‘shni Iroqda esa 5 ming amerikalik harbiy joylashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.