Umar Shamsiyevdan samimiy e’tirof — “40 dan keyin sevgi boshqacha ekan”

Umar Shamsiyevdan samimiy e’tirof — “40 dan keyin sevgi boshqacha ekan”

Umar Shamsiyev “OMON-OMON” dasturi mehmoni bo‘lganida “Biz birga bo‘lamiz” nomli qo‘shig‘i, uning kimga atalganligi va so‘nggi paytlarda sevgi-muhabbat haqidagi qo‘shiqlari sababini ochib berdi.

Boshlovchi xonandadan: “ ‘Biz birga bo‘lamiz’ qo‘shig‘ingizni ko‘rdik, eshitdik. Videolarda ayolingizni ham suratga tushirgansiz. Nega aynan shu qo‘shig‘ingizga ayolingizni olib chiqish g‘oyasi tug‘ildi? Axir qizlar, aktrisalar ham ko‘p-ku,” deya so‘radi.

Xonanda esa bunga quyidagicha javob berdi:

“O‘zi bu qo‘shig‘im jufti halollar, yorlar uchun atalgan edi. Shuning uchun ham ayolim bilan video olish g\'oyasi tug\'ildi. Chunki biz erkaklar ayollarni hurmat qilishimiz, asrashimiz, qadrlashimiz kerak. O‘zimning tajribamdan kelib chiqib aytaman — odam 40 yoshdan oshgandan keyin sevishni, sevilishni, hayotni qadrlashni, yonidagi ayolining borligini his qilishni boshlarkan. Shuning uchun ham oxirgi paytlarda qo‘shiqlarim sevgi va muhabbat haqida bo‘lyapti. Buning sababi ham shu — shundan ilhom olyapman,” — dedi u kulib.

Shundan so‘ng boshlovchilardan biri hazil aralash:

“Oxiri amallab tushuntirib berdingiz, bir so‘z bilan aytganda — ayolimni ikkinchi bor sevib qolyapman deng,” — deya kuldi.

Yana qo‘shimcha qilib: “Zo‘r, biz bundan xursandmiz,” — dedi gapini yakunlab.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.