Yevropada nikohsiz tug‘ilayotgan bolalar soni keskin oshmoqda

Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, European Unionda 2024 yil davomida tug‘ilgan bolalarning 41 foizi rasmiy nikohdan o‘tmagan oilalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hatto ittifoqning yettita mamlakatida bolalarning yarmidan ko‘pi nikohsiz oilalarda dunyoga kelgani qayd etildi.
Eng yuqori ko‘rsatkichlar Bolgariyada — 62 foiz, Fransiyada — 60 foiz va Portugaliyada — 59 foizni tashkil etgan. Eng past natijalar esa Gretsiya (10 foiz), Vengriya (24 foiz) hamda Xorvatiyada (26 foiz) kuzatilgan. 2004–2024 yillar davomida nikohsiz tug‘ilishlar 18 davlatda oshgan bo‘lsa, faqat 4 mamlakatda kamaygan.
Yevropa aholisi 451 millionga yetdi
2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, European Union aholisi 451 million nafarga yetgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 1 million kishiga ko‘proqdir. Eng katta aholi Germaniyada — 84 million nafar bo‘lib, bu YEI aholisining 19 foizini tashkil etadi.
Shuningdek, Fransiyada 69 million, Italiyada 59 million, Ispaniyada 49 million va Polshada 36 million kishi istiqomat qiladi. Bu besh davlat hissasiga Yevropa aholisining 66 foizi to‘g‘ri keladi.
Yevropa aholisi qarib bormoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra, YEI aholisining o‘rtacha yoshi 2005 yildagi 39,6 yoshdan 2025 yilga kelib 44,9 yoshga yetgan. Eng yuqori o‘rtacha yosh Italiyada — 49,1 yosh bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Irlandiyada — 39,6 yoshni tashkil etgan.
Mutaxassislar bu holat Yevropada demografik o‘zgarishlar, nikohlar sonining kamayishi va aholining qarib borishi bilan bog‘liq ekanini ta’kidlamoqda.
Nikoh va ajralishlar soni qanday?
2024 yilda European Union davlatlarida qariyb 1,7 million nikoh qayd etilgan. Eng yuqori nikoh ko‘rsatkichlari Latviya, Ruminiya va Avstriyada kuzatilgan.
Ajralishlar soni esa taxminan 0,7 milliontaga yetgan. Eng yuqori ajralish ko‘rsatkichlari Latviya, Litva hamda Shvetsiyada qayd etilgan.













