Abbosbek Fayzullayev fotiha to‘yi tasvirlari internetda tarqaldi (video)

O‘zbekiston terma jamoasi va Yevropada faoliyat olib borayotgan futbolchi Abbosbek Fayzullayev shaxsiy hayotida muhim bosqichga o‘tayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi bo‘ydoqlik bilan xayrlashish arafasida turibdi.
Internetda uning fotiha to‘yidan olingan lavhalar va videolar tarqalib, muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Tasvirlarda oila a’zolari va yaqin do‘stlar ishtirok etgan samimiy marosim aks etgan bo‘lib, tadbir iliq va bayramona muhitda o‘tgani seziladi.
Tadbirda ishtirok etgan xonanda Nargiz ham marosimdan olingan ayrim videolarni o‘z ijtimoiy tarmoq sahifasida bo‘lishib, muxlislarga yanada ko‘proq ma’lumot yetib borishiga sabab bo‘ldi.
Hozircha Abbosbek Fayzullayevning o‘zi ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy izoh bermagan. Shunga qaramay, internetda tarqalgan surat va videolar turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari futbolchini samimiy tabriklab, unga kelgusi oilaviy hayotida baxt, totuvlik va muvaffaqiyatlar tilashmoqda.
Avvalroq, 2025 yilning noyabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Bashakshehir” futbol klubi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev oila qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.













