Netanyaxu rejali muolaja uchun shifoxonaga yotqizildi

Netanyaxu rejali muolaja uchun shifoxonaga yotqizildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kechadan avvalgi tunda Quddusda joylashgan “Xadassa Eyn-Karim” shifoxonasiga stomatologik muolaja uchun yotqizildi. Bu haqda uning idorasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shifoxonaga yotqizilish oldindan rejalashtirilgan bo‘lib, u favqulodda holat emas. Rasmiylarga ko‘ra, barcha tibbiy jarayonlar reja asosida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Netanyaxu sog‘lig‘i bilan bog‘liq bir qator davolanish kurslarini ham o‘tagan. Jumladan, unda prostata bezidagi o‘sma sababli nur terapiyasi olib borilgan, shuningdek, yurak faoliyatini nazorat qilish uchun kardiostimulyator o‘rnatilgani ma’lum qilingan.

Hozircha uning holati bo‘yicha qo‘shimcha rasmiy ma’lumot berilmagan. Shifoxona atrofidagi vaziyat barqaror ekani va rejalashtirilgan tibbiy tekshiruvlar davom etayotgani ta’kidlanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.