ISHIDning 300 dan ko‘proq jangarisini yo‘q qilgan snayper halok bo‘ldi

ISHIDning 300 dan ko‘proq jangarisini yo‘q qilgan snayper halok bo‘ldi
Iroqda \"Ishidchilarga ov qiluvchi\" laqabi bilan taniqli bo‘lgan, \"Al-Hashd ash-Sha’bi\" shialar guruhidan bo‘lgan snayper Abu Tahsin as-Solihiy halok bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, u butun umri davomida 321 jangarini yo‘q qilgan.

Jangchi 29 sentyabrda IShIDning Iroqdagi oxirgi tayanchlaridan biri bo‘lgan Al-Havija axoli punkti uchun jangda og‘ir jarohat olgan, deb ma’lum qildi Iroq armiyasi tvitterda.

Avval as-Solihiy Iroq armiyasida xizmat qilgan va 1973 yildan boshlab davlat olib borgan barcha urushlarda qatnashgan.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.