Suriyada 3 kun ichida 3 general halok bo‘ldi

Suriyada 3 kun ichida 3 general halok bo‘ldi
Suriyada oxirgi 3 kun ichida 3 brigada generali halok bo‘ldi. Bu haqda qurolli ixtiloflarni tahlil qiluvchi WarJournal ma’lum qilgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Ma’lum qilinishicha, 2 yanvarda Suriyaning quruqlikdagi qo‘shinlarining brigada generali Habib Mahrez Yunus Xarastdagi janglar vaqtida halok bo‘lgan.

Avvalroq shu hududdagi to‘qnashuvlar vaqtida general Ali Diopa halok bo‘lgan. U Suriya respublika gvardiyasining 138-tank bataloni qo‘mondoni bo‘lgan.

31 dekabrda Xarastdagi harbiy baza uchun jangda yana bir general Muhammad Janod halok bo‘lgan.

2017 yil oktyabrda Suriya hukumat kuchlarining eng taniqli generallaridan biri, Daur-az-Zor mudofaasi uchun javob bergan Isom Zahriddin halok bo‘lgani ma’lum qilingan. U Xuvayjot-as-Sakrda minada portlab ketgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.