Amerikalik o’spirin o’z oila a’zolari qotiliga aylandi

Amerikalik o’spirin o’z oila a’zolari qotiliga aylandi
AQSHning Nyu-Jersi shtatida istiqomat qiluvchi 16 yoshli o’smir yarimavtomat vintovka yordamida o’zing otasi, onasi va opasi, shuningdek oilaviy do’stlaridan birini otib qo’ydi.

Xabarda aytilishicha, hodisa yangi yil bayrami oldidan bo’lib o’tgan. Qonun himoyachilari esa oila istiqomat qilgan aniq manzilni oshkor qilishmayapti.

Faqat shunisi ma’lumki, o’smirning bobosi va buvisi hodisa chog’ida uyda bo’lmaganliklari tufayligina o’lim changalidan qutulib qolishgan.

Qotil o’smirning otasi 44, onasi 42, opasi 18, oila do’sti esa 70 yoshda bo’lgan.

Mahalliy hokimiyat vakillari jinoyat zamirida terrorchilik alomatlarini ko’rganlaricha yo’q. Qotil tomonidan foydalanilgan qurol esa uning ota-onasi nomiga ro’yhatdan o’tkazilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.