Mehmondorchilikni xush ko‘radigan quyon (video)

Mehmondorchilikni xush ko‘radigan quyon (video)
Aftidan, quyon janoblari qish ayozidan zerikkan, shekilli, sovuq faslni odamlar orasida o‘tkazishni afzal ko‘rdi, deya yozmoqda Darakchi nashri.

Chelyabinskdagi “Uralskaya molniya” muz arenasi qorovullari erta tongda eshik tagiga kelib qolgan quyonni ko‘rib qolishadi. Arena xodimasi quyonga biron kor-hol bo‘lmadimikin, deya tashqariga chiqqanda quyon joyidan jilmay turaveradi. Xodima “chaqirilmagan mehmon”ni silab ko‘radi. Keyin esa quyonvoyni ko‘tarib issiqqina binoga olib kiradi.

Xo‘sh, qishni issiq binoda o‘tkazishga qaror qilgan “g‘ilayko‘z” bahorda o‘rmonga qaytib kirib ketarmikin?
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.