2017 yilda Rossiyada chet el razvedkasining salkam 400 agenti faoliyatiga chek qo‘yildi

2017 yilda Rossiyada chet el razvedkasining salkam 400 agenti faoliyatiga chek qo‘yildi
2017 yilda Rossiyada xorij maxsus xizmatlarining 72 nafar xodimi fosh etildi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo”.

Shuningdek, salkam 400 nafar agentning faoliyatiga chek qo‘yildi.

“Oxirgi yillarda xorijiy razvedka faolligi oshishi kuzatilmoqda. Ular Rossiya bo‘yicha tig‘iz ishlamoqda, agentura va texnika razvedkasining eng zamonaviy uslublaridan foydalanmoqda”, — dedi Putin FXX kollegiyasidagi chiqishi chog‘ida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.