Soqoli bilan faxrlanadigan qozoq ayoli: “erimga mashhurligim yoqadi...” (foto)

Soqoli bilan faxrlanadigan qozoq ayoli: “erimga mashhurligim yoqadi...” (foto)
Qozogʻistonning janubidan boʻlgan yetmish yashar ayol mana 35 yildirki, soqol bilan yashaydi va yuziga biron marta tigʻ tekizmagan, deb yozmoqda Sputnik.

Tanishlari hurmat bilan “Muxtabar opa”, deb chaqiradigan bu ayol koʻp farzandli oilada tavallud topgan. Uning soʻzlariga koʻra, ayol yuzidagi moʻylar allaqanday gʻayritabiiy holat emas - soqol uning onasida, buvisida va hatto tugʻishgan opasida ham boʻlgan.
Soqoli bilan faxrlanadigan qozoq ayoli: “erimga mashhurligim yoqadi...” (foto)
“Soqol 34-35 yoshimda oʻsishni boshlagan. Bu vaqtga kelib, turmushga chiqqan edim, oʻgʻlim va qizim bor edi”, — deydi Muxtabar. — “Turmush oʻrtogʻim men bilan xamisha faxrlangan. Bunday ayol hech kimda yoʻq, deya aytardi doim”.

“Menda soqol paydo boʻlgach, u bunga gʻalati bir narsaga qaragandek qaragani yoʻq. Aksincha, uni parvarishlar kerakligini, axir bu Alloh neʼmati ekanligini aytardi. Erim qoʻllab-quvvatlar ekan, nimadan qoʻrqaman? U hatto xotini mashhur boʻlib ketganidan quvondi ham”, - deb qoʻshimcha qiladi Muxtabar.
Soqoli bilan faxrlanadigan qozoq ayoli: “erimga mashhurligim yoqadi...” (foto)
Muxtabar Torayeva mana 35 yildirki soqolli ayol hisoblanadi. Ushbu yillar davomida u biron marotaba yuziga tigʻ tekkizmagan: ramazon roʻzasidagi iftorliklarning birida bir keksaroq ayol uning yoniga kelib, soqolni hech qachon qirish kerak emasligini uqdirgan.

“U menga agar qirtishlasam, kasal boʻlib qolishimni aytdi. U menga sen boshqachasan, deb aytdi. Avlodimizda odamlarni davolash xususiyatiga ega odamlar boʻlgan. Haqiqatdan ham, bobomning otasi taniqli moʻlla boʻlgan va odamlarni davolagan”, - deb esga oladi Muxtabar.
Soqoli bilan faxrlanadigan qozoq ayoli: “erimga mashhurligim yoqadi...” (foto)
Ayolning aytishicha, u qiziqsinab boqadigan qarashlar va savollarga oʻrganib ketgan.

“Qudamdan kunlarning birida, kechalari erkakka aylanmasligim haqida soʻrashgan. Biz oʻshanda miriqib kulganmiz. Ha, shunaqa voqealar ham boʻlib turadi, ayniqsa, odam gavjum joylarga borsam”, - deb esga oladi Muxtabar.
Soqoli bilan faxrlanadigan qozoq ayoli: “erimga mashhurligim yoqadi...” (foto)
Oʻz ona qishlogʻida soqolli ayolga hurmat bilan munosabatda boʻladilar. Muxtabarni baʼzan qozoq milliy urf-odatlarini bajarishga taklif etishadi. Ayoldan oq fotiha istab keladiganlar ham juda koʻp.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.