Ronaldu muxlisasining burnini sindirib qo‘ydi (foto)

Ronaldu muxlisasining burnini sindirib qo‘ydi (foto)
\"Yuventus\" muxlisasi Yelena Di Martino yuzidan Krishtianu Ronaldu tepgan to‘pni qabul qilib olgach shifoxonaga olib ketildi.
Portugaliyalik futbolchi \"Kevo\"ga qarshi bahs oldidan o‘tgan mashg‘ulotlar jarayonida tepgan to‘p kutilmaganda Yelenaning yuziga kelib urildi. U shu zahoti shifoxonaga olib ketildi va tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Ronaldu muxlisasining burnini sindirib qo‘ydi (foto)
Keyinchalik turinlik muxlisa o‘zining Facebook sahifasida quyidagicha yozuv qoldirdi: \"Krishtianuning zarbasini yuzga qabul qilib olish - har kuni ham sodir bo‘lavermaydi. Qolaversa, men u bilan uchrashuv kunini kutyapman. U meni taklif etishi kerak\".
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.