Venesuelaga ikkita samolyotda rossiyalik harbiylar kelgani maʼlum qilindi

Venesuelaga ikkita samolyotda rossiyalik harbiylar kelgani maʼlum qilindi
23 mart kuni Karakasdagi Mayketiya xalqaro aeroportiga rossiyalik harbiylar va 35 tonna yuk boʻlgan An-124 va Il-62 samolyotlari kelgan. Bu haqda Kun.uz nashri maʼlum qildi.

Nashrning taʼkidlashicha, gap 99 harbiy haqida bormoqda, ularga Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi tashkiliy-mobilizatsiya bosh boshqarmasi boshligʻi general-polkovnik Vasiliy Tonkoshkurov boshchilik qilmoqda. Maʼlum qilinishicha, rossiyalik harbiylarni Venesuelaning xalqaro aloqalar va integratsiya boʻlimi boshligʻi Marianni Mata, Venesuela milliy gvardiyasi vakili Edgar Kolina Reyes va Rossiyaning Karakasdagi diplomatik vakolatxonasi vakillari kutib olishgan.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, samolyotlar Venesuelaga qadar yoʻlda Damashq va Dakarda qoʻnish amalga oshirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.