Ayol o‘zining homiladorligini tug‘ishiga 45 daqiqa qolganda bildi

Ayol o‘zining homiladorligini tug‘ishiga 45 daqiqa qolganda bildi
Shotlandiyaning Glazgo shahri fuqarosi 18 yoshli ayol o‘zining homiladorligini tug‘ishiga 45 daqiqa qolgandi bildi, deya ma’lum qilmoqda Darakchi nashri.

18 yoshli Emmaluiz Leggeyt to‘ng‘ich farzandini dunyoga keltirgach, homiladorlikka qarshi xapdorilarni ichib yurar va ikkinchi farzandni dunyoga keltirishni rejalashtirmagandi. Ammo bir kuni ertalab birdan qorni kattalashadi. Vaholanki, bir kun avval qorni tep-tekis edi. Shundan so‘ng u shifokorlarga murojaat etadi. Homilador ekanligini bilganidan so‘ng 45 daqiqa o‘tib, ikkinchi bolasini dunyoga keltiradi. Chaqaloq sog‘-salomat tug‘iladi va qizaloqqa Siara deb ism qo‘yiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, homila onaning bel sohasida bo‘lgan ekan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.