AQSH va “Tolibon” qoʻshinlarni olib chiqish boʻyicha kelishuvga erishmoqchi

AQSH va “Tolibon” qoʻshinlarni olib chiqish boʻyicha kelishuvga erishmoqchi
Maxsus vakil Zalmay Xalilzod boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi va “Tolibon” harakati Afgʻonistondan Amerika qoʻshinlarini olib chiqib ketish boʻyicha kelishuvga erishish uchun Qatarda navbatdagi muzokaralarni boshlaydi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qildi.

Xabarga koʻra, Xalilzod “Tolibon” siyosiy ofisi rahbari mulla Abdul Gʻani Baradar bilan uchrashgan, ular afgʻon muammosini tinch yoʻl bilan hal etish borasida fikr almashgan.

Qatar hukumati hozircha Dohada yangi muzokaralar boʻlib oʻtishini tasdiqlamagan.

Amerika delegatsiyasi va “Tolibon” oʻrtasida mart oyida muzokaralar boʻlib oʻtgandi. Tomonlar uning sermahsulligini qayd etishgan, ammo Afgʻonistondan AQSH qoʻshinlarini olib chiqib ketish boʻyicha kelishuv imzolanmagandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.