“Toyota Corolla” o‘rindig‘i ostiga berkitilgan og‘u fosh etildi

“Toyota Corolla” o‘rindig‘i ostiga berkitilgan og‘u fosh etildi
Bojxona xodimlari giyohvandlik moddalarini olib kirish bilan bog‘liq yana bir jinoyatga chek qo‘yishdi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro S.Sh boshqaruvidagi “Toyota Corolla” rusumli avtomashina belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida ushbu avtomashinaning orqa o‘rindig‘i ostiga yashirilgan sof og‘irligi 0,78 grammni tashkil etuvchi “opiy” giyohvandlik moddasi borligi fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.