Shavkat Mirziyoyevning tashrifi arafasida Minskda Alisher Navoiy byusti ochildi

Foto: BelTA
Minsk shahrida Alisher Navoiy byusti ochildi. Bu haqda «Podrobno.uz» nashri ma’lum qilmoqda.
Yodgorlik belaruslik yosh haykaltarosh Maksim Makarevich eskizi asosida yaratilgan.
«Ushbu yodgorlikning ochilishi yorug‘ va tantanali hodisa. Chunki Navoiy nafaqat ulug‘ shoir, balki buyuk insonparvar ham bo‘lgan. U qoldirgan asarlar insoniyat merosiga aylangan», — dedi Belarus senati raisining o‘rinbosari Marianna Shetkina.
Tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Elyor G‘aniyev ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 31 iyul—1 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Minsk shahrida Alisher Navoiy byusti ochildi. Bu haqda «Podrobno.uz» nashri ma’lum qilmoqda.
Yodgorlik belaruslik yosh haykaltarosh Maksim Makarevich eskizi asosida yaratilgan.
«Ushbu yodgorlikning ochilishi yorug‘ va tantanali hodisa. Chunki Navoiy nafaqat ulug‘ shoir, balki buyuk insonparvar ham bo‘lgan. U qoldirgan asarlar insoniyat merosiga aylangan», — dedi Belarus senati raisining o‘rinbosari Marianna Shetkina.
Tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Elyor G‘aniyev ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 31 iyul—1 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













