Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi tartibsizlik bo‘yicha tergovni boshladi

Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi tartibsizlik bo‘yicha tergovni boshladi
Foto: «KP.ru»
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Qo‘y-Tosh qishlog‘ida sobiq prezident Almazbek Atambayev hamda huquq-tartibot idoralari o‘rtasida sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha tergov ishini boshladi, deb xabar qiladi «Daryo» nashri.

«Bosh prokuratura 7 avgust kuni Qo‘y-Toshda sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng, ‘ommaviy tartibsizlik’, ‘qotillik’, ‘asirlarni qo‘lga olish’ moddalari bo‘yicha sudoldi ishini ochdi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sobiq prezident bunga qadar uch marotaba IIVga so‘roqqa chaqirilgan, biroq u «organlarning qonuniy talabini javobsiz qoldirgan». Shu sababli tergovchi «Atambayevni majburan olib kelish bo‘yicha» qaror chiqargan va bu ish Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga topshirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.