Tramp AQSh tarixidagi eng yirik firibgarlik haqida so‘zlab berdi

Tramp AQSh tarixidagi eng yirik firibgarlik haqida so‘zlab berdi
Foto: Forbes
AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida demokratik partiyaning uning impichmenti bo‘yicha jarayonni boshlashga qaratilgan navbatdagi urinishi munosabati bilan videomurojaat joylashtirdi.

Amerika prezidenti yuz berayotgan holatni mamlakat siyosati tarixidagi eng yirik firibgarlik deb atadi.

«Demokratlar sizning qurolingiz, sog‘liqni saqlash tizimingiz, ovozingiz, erkinligingiz, sudlaringiz, umuman olganda hamma narsangizni tortib olmoqchi. Biz bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz», — deydi Tramp.

U demokratlarning o‘zini to‘xtatishiga urinishlariga jim qarab turmasligini qo‘shimcha qildi.

AQSh prezidenti demokratlarning «balchiqni quritmoqchi» bo‘layotganini ta’kidladi. Bu Trampning mashhur iboralaridan hisoblanadi. U «ot ustida mamlakat turgani»ni ham aytib o‘tdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.