Shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi bilan vafot etgan 10 yoshli qizaloq aslida qanday kasallikka chalingan edi?

Shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi bilan vafot etgan 10 yoshli qizaloq aslida qanday kasallikka chalingan edi?
Abbigayle Dipietro (Abbi deb ham tanilgan) chorshanba kuni bakterial meningitning asoratlari sababli olamdan ko‘z yumdi.

Onasining ta’kidlashicha, Abbi bir necha kun quloq og‘rig‘idan shikoyat qilib yurgan. So‘ng uni shifokor huzuriga olib borishgan. Shifokor esa bu shunchaki oddiy infeksiya ekanligini aytgan.

Kunlar o‘tgani sayin, uning ahvoli og‘irlashib bordi. Ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi unda kuzatilgan. Onasi yana uni shifokorga ko‘rsatgandan keyin unda meningitning asoratlari aniqlangan. Ammo ming afsuslar bo‘lsinki, uni davolashga endi kech bo‘lgan edi.
Shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi bilan vafot etgan 10 yoshli qizaloq aslida qanday kasallikka chalingan edi?
Abbi komaga tushib, fojiali ravishda AQShning Indiana shtatidagi kasalxonada vafot etdi.

Onasi Tasha Dipietro-Andersonning so‘zlariga ko‘ra, ular Abbining sog‘lom a’zolarini yordamga muhtoj bo‘lgan insonlarga ko‘maklashish maqsadida donarlikka berishga rozi bo‘lishdi.
Shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi bilan vafot etgan 10 yoshli qizaloq aslida qanday kasallikka chalingan edi?
Tasha Dipietro-Anderson: \"U dunyodagi eng qalbi pok qizaloq edi. Ayniqsa, hayvonlarni juda ham yoqtirardi. Kelajakda veterinar bo‘lishni orzu qilar edi\", -deb aytdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Umida
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.