Braziliyadagi futbol stadionlari shifoxonaga aylantirilmoqda (foto)

Braziliyadagi futbol stadionlari shifoxonaga aylantirilmoqda (foto)
Foto: Twitter
Braziliyadagi «Pakaembu» stadioni koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilishga mo‘ljallangan ochiq osmon ostidagi shifoxonaga aylantirilmoqda.
Associated Press’ning xabar qilishicha, 45 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion maydonida 200 dan ortiq xonaga ega vaqtinchalik shifoxona barpo etiladi. Qurilish ishlari 10 kun ichida tugatilishi kutilmoqda.

«Korintians», «Palmeyras» va «San-Paulu» jamoalariga tegishli ushbu stadionning yonida San-Paulu shahridagi bir nechta yirik kasalxonalar joylashgan.
Ta’kidlanishicha, futbol bo‘yicha 2014 yilgi Jahon Chempionatini qabul qilgan deyarli barcha stadion maydonlari vaqtinchalik kasalxonaga aylantiriladi.
Braziliyadagi futbol stadionlari shifoxonaga aylantirilmoqda (foto)
Foto: Twitter
Braziliyadagi futbol stadionlari shifoxonaga aylantirilmoqda (foto)
Foto: Twitter

24 mart holatiga ko‘ra, Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 1900 kishiga yaqinlashgan. 34 kishi vafot etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.