Qozog‘istonda karantinga yangicha yondashuv e’lon qilinmoqda

Qozog‘istonda karantinga yangicha yondashuv e’lon qilinmoqda
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev karantinga yangi yondashuvni e’lon qildi, deb xabar bermoda Tengrinews.kz internet nashri.

U bu haqda o‘z tvitterda: “Bugun bizning mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risida bayonotim e’lon qilinadi. Karantin tadbirlariga yangicha yondashuv”, deya yozib qoldirgan.

Avvalroq To‘qayev Sog‘liqni saqlash vazirligini isloh qilishini e’lon qilgan edi. “Biz endi Sog‘liqni saqlash vazirligining ishini qayta tashkil qilamiz. Islohotlar amalga oshiriladi. Xususan, bosh sanitariya vrachining vakolatlari kuchayadi”, degan davlat rahbari.

Shuningdek, u Qozog‘istonda karantinni kengaytirilishi va shifokorlar, shu jumladan Olmaotadagi koronavirus bilan kasallanganlarning ishi haqida gapirdi”,— deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.