Indoneziya junglilarida mahalliy aholiga xos bo‘lmagan moviy ko‘zli qabila topildi

Indoneziya junglilarida mahalliy aholiga xos bo‘lmagan moviy ko‘zli qabila topildi
Indoneziyaning Butan orolida a’zolari ko‘k yoki moviy ko‘zga ega qabila topildi. Bu qabila a’zolarining ko‘zlari go‘yoki fentezi janridagi filmlardan olinganga o‘xshaydi.

Ushbu mintaqa uchun antiqa ko‘rinishga ega odamlar borligi indoneziyalik geolog Korchine Pasaribu tufayli ma’lum bo‘ldi. Odatda indoneziyaliklar qora ko‘z va qora sochli bo‘ladilar.
Indoneziya junglilarida mahalliy aholiga xos bo‘lmagan moviy ko‘zli qabila topildi
Geolog 2019 yilda Indoneziyaning qishloq hududlaridagi hayotga qiziqib qolgan. Shundan keyin u ko‘p sonli qabilalar va madaniy merosga e’tibor qarata boshlagan.

Pasaribu Buton oroliga 17 sentabrda tashrif buyurib, tub aholini suratlarda muhrlagan. “Ularning moviy ko‘zlari juda chiroyli va o‘ziga xos edi. Ular meni ilhomlantirdi”, deb aytgan geolog.
Indoneziya junglilarida mahalliy aholiga xos bo‘lmagan moviy ko‘zli qabila topildi
Uning ta’kidlashicha, qabila a’zolari fotosessiyada manmuniyat bilan ishtirok etishgan. “Ular juda samimiy va xushmuomalalar. Ular suratga tushishdan uyalmaydilar”, deb aytgan Pasaribu.
Indoneziya junglilarida mahalliy aholiga xos bo‘lmagan moviy ko‘zli qabila topildi
Suratlarda aks etgan qoramtir rangga ega odamlarning moviy rangli ko‘zlarga egaligi hayratlantiradi. Yana bir e’tiborli jihati, qabila a’zolari orasida bir ko‘zi jigarrang, bir ko‘zi moviy rangdagi odamlarni ko‘plab uchratish mumkin.
Indoneziya junglilarida mahalliy aholiga xos bo‘lmagan moviy ko‘zli qabila topildi
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qabila a’zolarida ko‘k rangli ko‘zlar Vaardenburg sindromi deb nomlanuvchi kam uchrovchi irsiy kasallik tufayli shakllangan.

Ushbu sindrom eshitish qobiliyatining yo‘qolishi va soch, teri hamda ko‘z rangining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Bu kasallikda ko‘zlar och-ko‘k rangda bo‘ladi. U, shuningdek, geteroxromiya – bir odamda ko‘zlarning turli rangda bo‘lishini keltirib chiqaradi.
Indoneziya junglilarida mahalliy aholiga xos bo‘lmagan moviy ko‘zli qabila topildi
Qabila a’zolarida Vaardenburg sindromi nima uchun avj olganining sababi hozircha noma’lum. Statistikaga ko‘ra, ushbu kasallikdan dunyoda 40 mingga yaqin odam aziyat chekadi.
Indoneziya junglilarida mahalliy aholiga xos bo‘lmagan moviy ko‘zli qabila topildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.