Qirg‘iziston poytaxtidagi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi (foto, video)

Qirg‘iziston poytaxtidagi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi (foto, video)
Foto: Akipress
Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda parlament saylovi natijalaridan norozi bo‘lib namoyishga chiqqanlar mamlakat parlamenti binosiga hujum uyushtirishdi. Bu haqda «Sputnik Qirg‘iziston» xabar bermoqda.
Qirg‘iziston poytaxtidagi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi (foto, video)
Xabarda aytilishicha, tartibsizliklar ishtirokchilari bino darvozasini silkitishmoqda, ayrimlar binoni o‘rab turgan to‘siqdan oshib o‘tmoqda. Parlament binosi tomon toshlar uloqtirilmoqda. Militsiya norozilik namoyishchilarini tarqatishga urinmoqda.
Qirg‘iziston poytaxtidagi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi (foto, video)
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlarda jarohatlanganlar bor. O‘q ovozlari eshitilmoqda.
Qirg‘iziston poytaxtidagi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi (foto, video)
Qirg‘izistonda 4 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovidan so‘ng natijadan norozi bo‘lganlar namoyishga chiqishdi. Saylovda qatnashgan 12 partiyadan 11tasi uning natijalarini tan olishdan bosh tortdi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, «Birimdik», «Mekenim Kirgizstan», «Kirgizstan» va «Butun Kirgizstan» partiyalari yetarlicha ovoz to‘play olgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.