AQSHda koronavirusni aniqlovchi niqob ishlab chiqildi

AQSHda koronavirusni aniqlovchi niqob ishlab chiqildi
AQSHning Harvard universiteti va Massachusets texnologik instituti mutaxassislari koronavirusni aniqlovchi himoya niqobini ishlab chiqishdi. Ushbu niqob uni taqqan odam koronavirusga chalingani yoki yo‘qligini aniqlay oladi.

Niqob koronavirusni aniqlash uchun bir martalik datchik bilan jihozlangan bo‘lib, u natijani 1,5 soat ichida ko‘rsatadi. Sir tutish maqsadida natija niqobning ichki tomonidagina aks etadi.

Olimlar bunday datchiklarni bir necha yil avval ishlab chiqarishni boshlashgan. Ular Ebola va Zika viruslari bilan kasallanishni aniqlashda qo‘llangan. Qurilma boshqa viruslarni topishga ham sozlanishi mumkin.

Datchikni kiyimga ham tiksa bo‘ladi. Bunday kiyimlardan tez yordam mashinalari xodimlari, harbiylar foydalanishlari mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.