O‘zbek olimlari Afg‘onistonda topilgan "Kushon xazinasi"ni o‘rganadi

O‘zbekistonlik olimlar Afg‘oniston hududida topilgan oltin xazinani sinchiklab o‘rganishga kirishadi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.
Ma’lumki, Afg‘oniston hududida topilgan “Kushon oltini” xazinasi insoniyat tarixida eng yirik va eng boy oltin buyumlar xazinasi hisoblanadi. Ushbu xazina 1978 yilda sovet-afg‘on arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan topilgan edi.
Uning tarkibiga eramizning I-IV asrlariga doir 20 ming oltin buyumlar kiradi. O‘sha vaqtda Afg‘onistonda urush boshlanib qolishi munosabati bilan Kushon xazinasi oxirigacha qazib olinmagan. Qazib olingan buyumlar esa to‘liq Qobuldagi Milliy muzeyga topshirilgan.
O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlari kelishuviga ko‘ra, o‘zbekistonlik olimlar ushbu bebaho xazinaning buyumlari bilan ishlash, ularni o‘rganish, suratga tushirish imkoniga ega bo‘lishdi. Izlanishlar natijasida ushbu xazinaga bag‘ishlangan kitob-albom chop etiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ma’lumki, Afg‘oniston hududida topilgan “Kushon oltini” xazinasi insoniyat tarixida eng yirik va eng boy oltin buyumlar xazinasi hisoblanadi. Ushbu xazina 1978 yilda sovet-afg‘on arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan topilgan edi.
Uning tarkibiga eramizning I-IV asrlariga doir 20 ming oltin buyumlar kiradi. O‘sha vaqtda Afg‘onistonda urush boshlanib qolishi munosabati bilan Kushon xazinasi oxirigacha qazib olinmagan. Qazib olingan buyumlar esa to‘liq Qobuldagi Milliy muzeyga topshirilgan.
O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlari kelishuviga ko‘ra, o‘zbekistonlik olimlar ushbu bebaho xazinaning buyumlari bilan ishlash, ularni o‘rganish, suratga tushirish imkoniga ega bo‘lishdi. Izlanishlar natijasida ushbu xazinaga bag‘ishlangan kitob-albom chop etiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













