Rossiyaning Qirg‘izistondagi harbiy bazasiga 5ta yangi hujumkor samolyot keltiriladi

Rossiyaning Qirg‘izistondagi harbiy bazasiga 5ta yangi hujumkor samolyot keltiriladi
© ITAR-TASS/Fedor Savinsev

Qirg‘izistonhududida joylashgan “Kant” nomli Rossiya harbiy bazasida zamonaviylashtrish ishlari olib borilib, 2016 yilgacha bu erga 5ta Su-25SM harbiy hujumkor samolyot keltiriladi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug boshlig‘i, polkovnik Yaroslav Roshupkinga asoslanib, TASS nashri xabar bergan.

“Harbiy bazani qayta jihozlash ishlari 2016 yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan”, – deydi polkovnik.

Qayd etish joiz, o‘tgan yilning aprel oyida bu bazaga 4ta Su-25SM samolyotlari keltirilgan edi.

Ma’lumot uchun, “Kant” aviabazasi xalqaro kollektiv kuchlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu bazadagi Su-25SM samolyotlari va MI-8MTV vertolyotlari “Kollektiv xavfsizlik” shartnomasi bandlariga muvofiq, tashkilot a’zolarining tinchligini ta’minlanish maqsadida harakat qiladi.

Manba: www.kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.