Xalifaning yahudiy astronomi

Abu Toyyib Sanad ibn Ali al-Yahudiy (taxminan 864 yilda vafot etgan) 8-asrda yashagan iroqlik yahudiy astronomi, tarjimon, matematik va abbosiylar xalifasi Ma’mun saroyida muhandis bo‘lib xizmat qilgan. Keyinchalik islomni qabul qilgan Sanadning otasi yahudiy astronomi bo‘lib, Bag‘dodda yashab ijod qilgan.
U «Zijus Sindhind»ni tarjima qilgan va tahrir qilgani ma’lum. «Zijus Sindhind» musulmon olamida taqdim etilgan birinchi astronomik jadval edi. Matematik sifatida Sanad ibn Ali al-Xorazmiyning hamkasbi edi va Yoqub ibn Tariq bilan yaqindan hamkorlik qilgan. Ular birgalikda Yer va boshqa astronomik jismlarning diametrini hisoblab chiqishgan. U «Kitob aljabr va-l-muqobala»ga ham sharh yozib, al-Xorazmiy ijodini isbotlashga yordam bergan. Arab raqamlari uchun o‘nlik yozuvni Sanad ibn Ali kiritgan.
Ibn Abu Usaybiyaning yozishicha: Banu Musoning ukalari kasbiy hasad tufayli uni Abbosiy xalifasi Mutavakkilning poytaxti Samarradan uzoqlashtirib, Sanad ibn Alini Bag‘dodga jo‘natishdi. Banu Musoning ukalari Ja’far va Ahmad katta kanal qazish ishini Al-Farg‘oniyga topshirishdi. Ular shu tariqa eng yaxshi muhandis Sanad ibn Aliga e’tibor bermadilar. Al-Farg‘oniy kanalning boshlanish yerini chuqurroq qilgani sababli suv Al-Jafariyaning yangi garnizoniga yetib bormadi, degan gaplar chiqdi.
Bu xabar Mutavakkilni qattiq g‘azablantirdi, Banu Musoning ikki ukasi Sanad ibn Alining o‘z jonini xatarga qo‘yib al-Farg‘oniyning hisob-kitoblarining to‘g‘riligini tasdiqlashga tayyorligi tufayligina og‘ir jazodan qutulib qoldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!U «Zijus Sindhind»ni tarjima qilgan va tahrir qilgani ma’lum. «Zijus Sindhind» musulmon olamida taqdim etilgan birinchi astronomik jadval edi. Matematik sifatida Sanad ibn Ali al-Xorazmiyning hamkasbi edi va Yoqub ibn Tariq bilan yaqindan hamkorlik qilgan. Ular birgalikda Yer va boshqa astronomik jismlarning diametrini hisoblab chiqishgan. U «Kitob aljabr va-l-muqobala»ga ham sharh yozib, al-Xorazmiy ijodini isbotlashga yordam bergan. Arab raqamlari uchun o‘nlik yozuvni Sanad ibn Ali kiritgan.
Ibn Abu Usaybiyaning yozishicha: Banu Musoning ukalari kasbiy hasad tufayli uni Abbosiy xalifasi Mutavakkilning poytaxti Samarradan uzoqlashtirib, Sanad ibn Alini Bag‘dodga jo‘natishdi. Banu Musoning ukalari Ja’far va Ahmad katta kanal qazish ishini Al-Farg‘oniyga topshirishdi. Ular shu tariqa eng yaxshi muhandis Sanad ibn Aliga e’tibor bermadilar. Al-Farg‘oniy kanalning boshlanish yerini chuqurroq qilgani sababli suv Al-Jafariyaning yangi garnizoniga yetib bormadi, degan gaplar chiqdi.
Bu xabar Mutavakkilni qattiq g‘azablantirdi, Banu Musoning ikki ukasi Sanad ibn Alining o‘z jonini xatarga qo‘yib al-Farg‘oniyning hisob-kitoblarining to‘g‘riligini tasdiqlashga tayyorligi tufayligina og‘ir jazodan qutulib qoldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













