Pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytirilmoqda

Pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytirilmoqda

Markaziy bank tomonidan tijorat banklari va to‘lov tashkilotlariga mobil ilovalar orqali amalga oshiriladigan o‘tkazmalarda «o‘tkazma maqsadini ko‘rsatish» bo‘yicha maxsus topshiriq yuborildi.

Endilikda foydalanuvchi P2P (kartadan kartaga) o‘tkazmasini amalga oshirayotganda, ro‘yxatdan majburiy ravishda o‘tkazma maqsadini tanlashi kerak bo‘ladi. Ushbu ro‘yxatga tovarlar uchun to‘lov, qarzni qaytarish, oilaviy o‘tkazmalar, xayriya va boshqa 16 ta asosiy yo‘nalish kiritilgan. Masalan, agar siz «Minnatdorchilik uchun» bandini tanlasangiz, bu choypuli sifatida qayd etiladi.

Yangi tizim o‘tkazmalar shaffofligini ta’minlash va iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytirilmoqda

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.