Jensen Huang NVIDIA uchun 200 milliard dollarlik yangi bozor topdi

Jensen Huang NVIDIA uchun 200 milliard dollarlik yangi bozor topdi

NVIDIA asoschisi va bosh direktori Jensen Huang oʻz kompaniyasining kelajagi borasida dunyodagi eng optimistik rahbarlardan biri hisoblanadi. Navbatdagi choraklik hisobotdan soʻng, u kompaniya uchun mutlaqo yangi, hajmi 200 milliard dollarga teng boʻlgan bozor (TAM) ochilganini eʼlon qildi. Bu safargi oʻsish drayveri sifatida mart oyida taqdim etilgan yangi Vera protsessori (CPU) koʻrsatilmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

NVIDIA navbatdagi rekord darajadagi chorakni yakunladi: kompaniya tushumi 81,6 milliard dollarni tashkil etdi, keyingi chorak uchun esa 91 milliard dollar daromad prognoz qilinmoqda. Huangning soʻzlariga koʻra, Vera protsessori shunchaki yangi mahsulot emas, balki kompaniya ilgari hech qachon kirib bormagan ulkan bozorga yoʻl ochuvchi transformativ texnologiyadir.

Uzoq vaqt davomida NVIDIA GPU (grafik protsessorlar) bozorida yetakchi boʻlib kelgan boʻlsa, CPU bozori anʼanaviy ravishda Intel va AMD nazoratida edi. Soʻnggi paytlarda Amazon Web Services (AWS) kabi raqobatchilar oʻzlarining shaxsiy AI chiplarini ishlab chiqish orqali NVIDIAʼning mavqeiga xavf sola boshlagan edi. Biroq, Jensen Huang Vera protsessori orqali ushbu xavotirlarga chek qoʻymoqchi.

Huangning tushuntirishicha, Vera — bu "agentli sunʼiy intellekt" (agentic AI) uchun maxsus ishlab chiqilgan dunyodagi birinchi protsessordir. Agar AI modellarining "fikrlash" qismi GPUʼlarda amalga oshirilsa, muayyan vazifalarni bajaruvchi AI agentlari asosan CPUʼlarda ishlaydi. Bu esa NVIDIA uchun hisoblash texnikasini agentli AI va robototexnika uchun qayta qurishda markaziy oʻrinni egallash imkonini beradi.

Hozirda barcha yirik prayskeylerlar va tizim ishlab chiqaruvchilari Vera protsessorini joriy etish boʻyicha NVIDIA bilan hamkorlik qilmoqda. Huangning taʼkidlashicha, dunyo hisoblash tizimlarini agentli AI va fizik robototexnika uchun qayta moslashtirmoqda va NVIDIA ushbu texnologik oʻzgarishlarning qoq markazida turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.