O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yil boshida 7,2 foizgacha tezlashadi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yil boshida 7,2 foizgacha tezlashadi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2026-yilning birinchi choragida 7–7,2 foiz atrofida o‘sishi kutilmoqda.

Biznes faolligi, moliyaviy sektorning rivojlanishi hamda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalariga yo‘naltirilgan investitsiyalar iqtisodiyotning asosiy drayverlariga aylanadi. Milliy ekspertlar ushbu ijobiy o‘sishni 2025-yilgi inersiyaga tayangan holda prognoz qilmoqdalar, zero o‘tgan yili mamlakat iqtisodiyoti 7,7 foizlik o‘sishni qayd etgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.